“KASHFIYOT” SALATI
Zarur mahsulotlar: 500 gr. qaynatilgan yog‘siz mol go‘shti, 150 gr. pishloq, 50 gr. yong‘oq mag‘zi, zaytun yoki o‘simlik yog‘i, 1 dona bulg‘or qalampiri, ko‘k piyoz, petrushka, tuz, xantal.
Tayyorlanishi: Qaynatilgan mol go‘shtini somoncha shaklida maydalab to‘g‘rang. So‘ngra uni qizdirilgan o‘simlik yog‘ida xantal qo‘shib, qovurib oling. Maydalangan ko‘katlarni qo‘shing.
Bulg‘or qalampirini ham somoncha shaklida to‘g‘rab, salatga soling. Maydalangan yong‘oq mag‘zi va katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni qo‘shsangiz va tuzini rostlasangiz, salat tayyor.
BEGOYIM