TENNISCHILAR MUSOBAQASI

Poytaxtimizda tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida “NBU Cup” xalqaro turniri boshlandi. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Hindiston, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlardan iqtidorli tennischilar ishtirok etmoqda.

Turnirning saralash musobaqalarida hamyurtlarimiz Humoyun Abdumalikov va Sarvar Vohidovlar o‘z raqiblaridan ustun kelishdi. Shuningdek, muvaffaqiyatli qatnashgan rossiyalik Andrey Landgraf va qozog‘istonlik Yevgeniy Danilov ham asosiy tur uchrashuvlarida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Qizlar o‘rtasidagi saralash musobaqasida hamyurtimiz Kasiya Yo‘ldosheva hamda rossiyalik Aliya Merdeeva, Sofiya Sokolova va qozog‘istonlik Yekaterina Dmitrichenko ham saralash musobaqalarida g‘alaba qozonib asosiy tur uchrashuvlariga yo‘llanma olishdi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  G‘urur va iftixor ramzi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: