Eng yaxshi do‘st

U bilan ilk marta otasi oshno qilgandi. “Qizalog‘im! Bu – sening eng yaxshi do‘sting! Uni asrab-avayla!”

Uni o‘ziga shu tariqa yaqin do‘st sanadi. Avvaliga do‘sti unga ertaklar aytib berdi, she’rlar, hikoyalar o‘rgatdi. Ulg‘aygani sari bu hikoyalarning mavzusi, salmog‘i ortib bordi. Do‘sti tufayli yaxshi-yomonni ajratdi, oq-qorani tanidi. Olamni, odamni baholi qudrat fikratiga singdirdi.

Keyinchalik hayoti davomida ko‘plab do‘stlar orttirdi. Turmush taqozosimi, taqdirmi, ulardan ko‘pchiligi bilan yo‘llari ayro tushdi, ayrimlaridan ko‘ngli zarb yedi. Ammo o‘sha – otasi oshno qilgan do‘st unga hech vaqt xiyonat qilmadi, uni tashlab ketmadi, umr yo‘llarida hamisha birga bo‘ldi. Bir kuni undan so‘rashdi:

– Eng yaqin do‘stingiz bormi? U kim?

Uning xira tortgan ko‘zlari porlab, jilmayib javob berdi:

– Ha, albatta, bor! Aldamaydigan, xiyonat qilmaydigan, hech qachon tashlab ketmaydigan, dilni og‘ritmaydigan yagona do‘stim – bu Kitob!

Xurshida ABDULLAYEVA

Yana o‘qing:  Ota mehri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: