PISHLOQLI DO‘LMA

Zarur mahsulotlar: 450 gr. go‘sht, 350 gr. qo‘ziqorin, 8 bo‘lak yumshoq pishloq, 2 ta yirik bulg‘or qalampiri, 1 bosh piyoz, 8 osh qoshiq suv, 2 osh qoshiq sariyog‘, o‘simlik yog‘i, tuz.

Tayyorlanishi: Piyozni halqa shaklida to‘g‘rab, qizdirilgan sariyog‘da qovuramiz. So‘ngra bo‘laklangan qo‘ziqorinlarni solib, 10 daqiqa qovurgach, tuz sepib, past olovda 5 daqiqaga dimlaymiz. Go‘shtni yupqalab, uzunchoq qilib to‘g‘rab ziravorlar sepamiz. So‘ng­ra qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovuramiz. Bulg‘or qalampirini ikkiga bo‘lib, urug‘laridan tozalaymiz. Yog‘langan toblama qolipiga joylashtiramiz. Avvaliga har biri ichiga pishloq bo‘lagini joylab, keyin qovurilgan go‘sht va qo‘ziqorinlarni solamiz-da, pishloq bo‘lagi bilan yopamiz. 190 darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

GULOYIM

Yana o‘qing:  LAVLAGI ShARBATI QON BOSIMINI KO‘TARADI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: