Kulgu – shifo
Sher barcha hayvonlarni yig‘ib, dedi:
– Bugun oramizdagi eng qo‘rqoq jonivorni yeymiz.
Quyon o‘rtaga chiqib, baqira boshladi:
– Qani cho‘chqaga birov qo‘lini tekkizib ko‘rsinchi!
* * *
Chol oltin baliqni tutib oldi. Baliq inson tilida o‘tina boshladi:
– Tila tilagingni?
– Pushkinni o‘qiganman, nima bilan tugashini yaxshi bilaman, shuning uchun dastlab kampirimni almashtirasan.