ZAMONAVIY BINO TOPSHIRILDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi Taxiatosh “Go‘daklar uyi” kapital rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodning hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitlarda unib-ulg‘ayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta o‘rganishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratish, xususan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

To‘liq ta’mirlashdan keyin zamonaviy qiyofa kasb etgan “Go‘daklar uyi”ning asosiy binosiga qo‘shimcha ravishda ikki qavatli ma’muriy bino, sport zali bunyod etildi. Bolalar maydonchasiga zamonaviy o‘yinchoqlar, attraksionlar o‘rnatildi.

G. AYMBETOVA

Yana o‘qing:  XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2014/24)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: