AYOL E’ZOZ VA E’TIBORDA

Har qanday jamiyatning madaniy darajasi va ma’naviy yetukligi ayollarga munosabati bilan belgilanadi. Xotin-qizlarni hurmat qilish, ularning jamiyat rivojidagi hissasini munosib baholash, ularga barcha masalalarda ko‘maklashish – bularning barchasi qadimdan xalqimizga xos. Mustaqil O‘zbekistonda xotin-qizlarga demokratik davlatlar uchun xos bo‘lgan barcha huquq va erkinliklar taqdim etilgan.

Yaqinda Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi Jurnalistlarni qayta tayyorlash Markazi bilan birgalikda BMT Aholishunoslik fondi ko‘magida “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni: OAVda yoritilishi” mavzusida jurnalistlar uchun uch kunlik seminar o‘tkazildi.

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ayollarning o‘rni, ushbu mavzuning ahamiyati, xotin-qizlarning davlat hamda jamiyat hayotidagi mavqeini oshirishga qaratilgan masalalarni OAVlarida xolisona yoritish va chuqur yondashuv masalalariga qaratildi.

Seminarda milliy va mintaqaviy OAV, Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi xodimlari ishtirok etishdi. Seminar davomida ishtirokchilar interfaol sessiya doirasida O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida barqaror gender andozalarni aniqlash hamda rivojlangan fuqarolik jamiyatidagi xotin-qizlarning o‘rnini yoritish bo‘yicha professional matnlar tayyorlash metodlarini o‘zlashtirish ustida ishladilar.

Seminar so‘nggida ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi.

X. HUSENOVA

Yana o‘qing:  ShIFOBAXSH OLCHA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: