YOSH OLIMLAR UCHUN KENG IMKONIYAT

Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga oid davlat siyosati izchil amalga oshirilmoqda. Bunda davlatimiz rahbarining 2014 yil 8 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tuzilmasini yanada maqbullashtirish hamda respublika akademik ilm-fani va oliy ta’limining integratsiyasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan anjumanda shu haqida so‘z bordi.

Qarorda belgilangan vazifalarga ko‘ra Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Matematika instituti, Falsafiy tadqiqotlar o‘quv-ilmiy kompleksi, Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzurida Tarmoq mashinashunosligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi tashkil etildi. Samarqand, Buxoro, Andijon, Qarshi davlat universitetlari bazasida ilmiy markazlar faoliyat boshladi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshida O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi.

Hozirgi kunda ushbu markazlarda davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida umumiy qiymati 5, 02 milliard so‘mlik 46 loyiha bo‘yicha ilmiy ish qilinayotir. Yosh olimlar tomonidan olingan muhim fundamental natijalar ishlab chiqaruvchilar hamda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlari ehtiyojiga yo‘naltirilmoqda.

Dildora QARSHIBOYEVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  KITOB FESTIVALIGA MARHAMAT

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: