Kulgu-shifo (2015-28)

– To‘ydan oldin qanaqa va’dalar bergan edingiz? – deb nozlanib so‘radi xotin.

Er o‘ylab ham o‘tirmay, dadil javob qaytardi:

– Va’dalarim esimda: osmondagi yulduzlarni olib beraman, oyni, hatto, quyoshni ham olib kaftingga tutqazaman, deganman. Lekin har bir to‘yda yangi ko‘ylak olib beraman, demaganman.

***

– Do‘xtir, menga qo‘ygan tishingiz tinmay og‘riyapti.

– Juda yaxshi-da! Bu – men qo‘ygan tishning haqiqiy tishdan hech qanday farqi yo‘qligini bildiradi.

***

Tibbiyot institutida talaba imtihon topshiryapti.

– Ayting-chi, insonda eng oxiri qanday tish paydo bo‘ladi?

– Yasama tish!…

Yana o‘qing:  Noto‘g‘ri qadam

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: