VELOSIPEDCHILAR ShIKASTDAN XOLI

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra AQSHda avtohalokatga uchraydigan velosipedchilardan 40 foizi harakatlanish paytida orqadan kelayotgan transport vositasi bilan to‘qnashishdan aziyat chekkanlar. Mazkur ko‘ngilsizliklarga chek qo‘yish maqsadida “Garmin” kompaniyasi velosipedchilar uchun “Varia” radarini yaratdi.

Qurilma velosipedchini orqadan mashina yaqinlashayotganidan ogohlantirish uchun mo‘ljallangan hamda haydovchilar e’tiborini jalb qilish uchun orqa fonar funksiyasini bajaradi.

“Varia” radari velosiped orqasiga mahkamlanadi. Bu radar datchik yordamida velosipedchini orqadan kelayotgan transport vositasidan xabardor qilish uchun velosiped orqasidagi 140 metrlik hududni skanerlaydi. Orqadan kelayotgan avtomobil haydovchisining e’tibori avtomobil velosipedga yaqinlashgani sari orqa fonarning tezlashuvchi chaqnashlari bilan jalb qilinadi.

Yana o‘qing:  III OSIYo OCHIQ CHEMPIONATI BOSHLANDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: