O‘ZARO HAMKORLIK SAMARASI

“Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi Fransiyaning “Umid rishtalari” shifokorlar uyushmasi a’zolari hamkorligida tibbiy tekshiruv, maslahat va jarrohlik muolajalarini bajarishdan iborat xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xorijlik shifokorlar akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Fransiyalik shifokorlar kam ta’minlangan oilalar farzandlari, “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazidagi imkoniyati cheklangan bolalarni ko‘rikdan o‘tkazib, ularga tibbiy maslahatlar berdi. Ko‘rikdan o‘tgan bolalarning sog‘lig‘ini inobatga olgan holda zarur hollarda jarrohlik muolajalari ham o‘tkazildi.

Aksiya davomida uyushma vakillari hamda yurtimiz shifokorlari ishtirokida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  BIR JAMOA. BIZ TURLIMIZ. BIZ TENGMIZ

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: