Diqqat, tanlov!

O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi

O‘zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirish, tuman va shaharlarning turistik salohiyati, joylardagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni targ‘ib qilish;

mediamahsulotlarning keng tarqalgan turi – videoroliklar yordamida mamlakatimizning turizm salohiyati to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilish;

yoshlarda yurtimizdagi bunyodkorlik va yangilanishlarga nisbatan faxr tuyg‘ularini shakllantirish;

milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash hamda kelajak avlodlarga yetkazish maqsadida “Yangi nigoh” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga ijodiy ishlar 2015 yilning 1 sentyabriga qadar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining tuman va shahar kengashlarida qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotlarni (0-371) 241-02-72, 241-00-50 telefon raqamlari yoki www.videotanlov.uz saytidan olish mumkin.

Yana o‘qing:  Yangi avlod

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: