GIYOHVANDLIK MUAMMOSIGA BAG‘ISHLANDI

Joriy yilning 26 iyun kuni poytaxtimizda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (YUNEYDS)ning Markaziy Osiyodagi hududiy vakolatxonasi tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ushbu anjumanda vakolatxonaning dastur bo‘yicha koordinatori Galina Fomaidi, Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy vakil Ashita Mittal xonim va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy axborot-tahlil markazi direktori Ahmad Mansurovlar so‘zga chiqib ushbu illatga qarshi kurashda jahonda, Hamdo‘stlik mamlakatlari, xususan, Markaziy Osiyo va O‘zbekistonda olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar, mamlakatimizning chegara hududlari va bojxona postlari, ularning zamonaviy rusumdagi maxsus nazorat asbob-uskunalari bilan jihozlangani hamda temir yo‘l, havo yo‘llari, avtomobil yo‘llaridagi nazorat xususida tadbir ishtirokchilariga ko‘rgazmali slaydlar orqali ma’lumot berishdi.

G. ShIRINOVA,

Sog‘lom avlod” muxbiri

26 iyun – “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlab “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan bir qator madaniy-ma’rifiy hamda xayriya tadbirlari o‘tkazildi. Jumladan, Toshkent viloyatidagi Zangiota bolalar axloq tuzatish koloniyasida bayram dasturi tashkil etiladi. Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad – yoshlar uchun giyohvand moddalarni iste’mol qilishning halokatli oqibatlarga olib kelishi, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini, ma’naviy va ma’rifiy darajasini yuksaltirish, ularning dunyoqarashini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabatlarni o‘rnatish, Vatanga sadoqat kabi insoniy fazilatlarni yanada mustahkamlashdir.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga Respublika yosh tomoshabinlar teatri jamoasi tomonidan giyohvandlikning salbiy oqibatlari va uning zararlarini ko‘rsatib beruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

V. PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  SUN’IY QON YARATILDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: