FOTOIJODKOR NIGOHI “QUYOSHLI TOMONLARDA”

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Toshkent Fotosuratlar uyida “Quyoshli tomonda…” deb nomlangan fotoko‘rgazma tashkil etildi.

Mazkur ko‘rgazmada go‘zal va maftunkor, tinch va osoyishta Vatanimizni yilning to‘rt faslida ham quyosh tafti, tarovati tark etmasligi fotografiyaning rang-barang janr va uslublari orqali yaqqol aks ettirilgan. Mohir fotousta Vladimir Jirnov hamda shogirdlarining fotosuratlarida qalbga yaqin manzaralar – qorli cho‘qqilar, musaffo osmon, go‘zal bog‘ va xiyobonlar, sharqiragan favvoralar, baxtiyor yurtdoshlarimiz, eng ulug‘ va aziz bayramlarimiz, ona Toshkentimiz zavqli, yorqin tarzda ifodalangan.

Ko‘rgazmadan o‘rin olgan 70 dan ortiq fotosuratning o‘ziga xos jihati – ularda nur va soya, yorug‘lik va iliqlik, ijodkorlarning shu tabarruk zaminga mehr-muhabbati, hurmat va ehtiromi, qalb harorati tomoshabinlarga mohirona tarzda yetkazib berilgan.

D. QARSHIBOYEVA,

“Sog‘lom avlod”muxbiri

Yana o‘qing:  Bokschilarimiz “Prezident kubogi” da 7 medal jamg‘arishdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: