BEBAHO BOYLIK
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va qator tashkilotlar hamkorligida “Sharq allomalari ilmiy, adabiy merosini o‘rganishning dolzarb masalalari: tavsif, tarjima va tadqiqot” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Qadimiy sharq qo‘lyozmalari va sharq tillaridagi tarixiy hujjatlarni saqlashni tizimlashtirish va qayta tiklash, noyob qo‘lyozmalarning elektron bazasini tashkil etish va yuritish, yodgorliklarni chuqur tahlil etish hamda ularning ilmiy tavsifi kataloglarini tuzish borasida ko‘plab natijalarga erishilayotir. Qo‘lyozmalarning ilmiy sharh va tarjimalarini tayyorlash hamda ularni turli tillarda nashr etish ham alohida e’tiborda. Bu sa’y-harakatlar samarasida yaratilgan asarlar mutaxassis olimlar, yoshlar uchun muhim ilmiy va tarixiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Anjumanda allomalar asarlarini har tomonlama chuqur o‘rganish, yuqori malakali yosh manbashunos va matnshunos mutaxassislarni tayyorlash, olib borilayotgan tadqiqotlarni jadallashtirish kabi masalalar muhokama etildi.
M. RASULOVA,
Toshkent yuridik kolleji o‘qituvchisi