Kulgu-shifo (2015-25)
Do‘xtir bemorga:
– Ichmang, chekmang!
Bemor sekingina bosh chayqadi:
– Mendan oldin bu yerga xotinim kelib ketibdi, shekilli.
***
– Dadasi, shifokor menga: “Sog‘ayib ketishingiz uchun iqlimni o‘zgartirish kerak”, dedi.
– Xavotir olma, onasi, ertaga yaxshi bo‘lib qolasan. Hozirgina televizordan ertaga yomg‘ir yog‘adi, deyishdi…