SIZ QANDAY O‘ZGARASIZ?
yoki 3D printerlar plastik operatsiyalardan oldin uning natijasini ko‘rsatadi
Inson doimo yosh va go‘zal bo‘lishni xohlaydi. Shu sababdan, plastik jarrohlikka murojaat qilayotganlar ko‘paymoqda. Ammo, hamma ham jarrohlik amaliyotidan so‘ng o‘z ko‘rinishidan qanoatlanmaydi. Bu esa o‘z o‘zidan shifokor va mijoz orasida ba’zi kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi.
Mazkur ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida MirrorMe3D kompaniyasi yangi usulni o‘ylab topdi. Endi plastik jarrohlik amaliyoti yordamida o‘z ko‘rinishini o‘zgartirishni o‘ylayotganlarga kompaniya tomonidan yangi taklif bildiriladi. Unga ko‘ra mijoz plastik operatsiyadan keyin qanday ko‘rinishda bo‘lishini operatsiyadan oldin aniq bilishi mumkin.
MirrorMe3D bilan mijozning jarroh huzuriga kelgan vaqtdagi nusxasi olinib 3D printer yordamida uning operatsiyadan keyingi holati aniq ishlab chiqariladi.
MirrorMe3D loyihasi mashhur plastik jarroh Kerri Stern tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, bugungi kunda dunyo miqyosida ommalashmoqda.
– Mazkur loyiha yordamida jarrohlar o‘z mijozlariga ularning operatsiyadan keyin qanday ko‘rinishda bo‘lishlarini ko‘rsatib berishlari mumkin, – deydi Stern.