O‘SMIRLARIMIZDAN MEDALLAR ShODASI
Polshaning Vrotslav shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida yosh sportchilarimiz uchta kumush va bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Vazni 63 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bahslarda qatnashgan umidli vakilimiz, II o‘smirlar Olimpiadasi bronza medali sovrindori Adham Ergashev uchta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Adhamning muvaffaqiyatli ishtirokini yana bir yosh atletimiz Davron Kenjayev (105 kg) munosib davom ettirdi. U shtangani dast ko‘tarishda 173 kilogramm og‘irlikni o‘ziga bo‘ysindirib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Iqtidorli sportchimiz shtangani siltab ko‘tarishda 195 kilogramm, ikkikurash yakuniga ko‘ra, 368 kilogramm natija qayd etdi.
T.ORTIQOVA