TRAVMATOLOGIYa VA ORTOPEDIYa SOHASIGA BAG‘ISHLANDI

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida travmatologiya sohasida ilm-fan va amaliyotda erishilayotgan natijalar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish instituti bilan hamkorligida tashkil etildi.

So‘zga chiqqanlar, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan qishloq vrachlik punktlarida birlamchi tibbiy-profilaktika yordamini ko‘rsatish ishlari samarali yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Shoshilinch tibbiy yordam tizimida zamonaviy tibbiy diagnostika va davolash usullari vositasida bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani og‘ir jarohatlar tufayli kelib chiqadigan tibbiy-ijtimoiy muammolarni kamaytirish, inson salomatligi va hayotini asrashga xizmat qilayotir.

Travmatologiya va ortopediya yo‘nalishida ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari ham yildan-yilga takomillashmoqda. Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish instituti va viloyatlardagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, tuman tibbiyot birlashmalarida aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Suyak-bo‘g‘im kasalliklari va jarohatlariga tashxis qo‘yishda kompyuter tamografiya, raqamli rentgen apparatlari, artroskop, ultratovush tahlil vositalari va boshqa ilg‘or tibbiy texnologiyalarning joriy etilishi kasalliklarni erta aniqlash va davolash imkoniyatini kengaytirmoqda. Natijada oxirgi o‘n yil ichida olimlarimiz tomonidan ellikdan ortiq zamonaviy davolash usuli amaliyotga tatbiq etildi. Bo‘g‘im artrozlarida endoprotezlash, tizza bo‘g‘im jarohatlari va kasalliklarida artroskopik usulda operatsiya qilish, osteoporoz va ortopediyaning eng murakkab sohalaridan biri bo‘lgan skoliozni davolash, umurtqa disk churrasi, yassi oyoqlik, ko‘krak qafasi deformatsiyasi kabi kasalliklarni zamonaviy operativ usulda davolash borasidagi muhim natijalar bunga misoldir.

Tadbirda sohada yangi davolash usullarini joriy etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida elektron murojaat tizimini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida ma’lumot berildi.

D.QARSHIBOYEVA,

Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  QISHLOG‘IMGA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: