BOLALAR DAVLAT HIMOYASIDA
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi ham bu borada ibratli faoliyat yuritayotgan tashkilotlardan biridir. Xususan, fond tomonidan Janubiy Koreya, AQSH, Germaniya singari qator rivojlangan davlatlar tibbiyot muassasalari bilan o‘zaro uch tomonlama hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik natijasida kam ta’minlangan oilalardagi yuqori lab va qattiq tanglayning, oyoqlarning tug‘ma nuqsoni mavjud, kuyish asoratlaridan jabrlangan hamda bo‘yin qiyshayishi bilan bog‘liq tug‘ma ortopedik kasalliklarga chalingan bolalar Germaniya klinikalarida davolanib kelishmoqda.
Joriy yilning 18-25 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 26 maydagi Dasturi doirasida Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti mutaxassislari fondning tibbiy-ijtimoiy markazida Farg‘ona, Andijon, Namangan, Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi bemor bolalarni joriy yilning avgust oyida Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanish uchun 6 oydan 3 yilgacha bo‘lgan vaqtga jo‘natiladi.
Charos XUSHVAQTOVA
“Sog‘lom avlod”muxbiri