ISTIQBOLLI HAMKORLIK

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlashda Xotin-qizlar qo‘mitalarining o‘rni va istiqbolli hamkorlik” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.

Unda deputatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Xotin qizlar qo‘mitasi raislari, davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z faoliyatini ijtimoiy sheriklik munosabatlari asosida olib boradi. Masalan, qo‘mita tashabbusi va hamkor tashkilotlarning qo‘llab-quvvatlashi natijasida mahallalarda “bandlik, salomatlik, oilaga kirish, jinoyatchilik profilaktikasi, ta’lim-tarbiya sektorlari” tashkil etilgan. Bu albatta aholi, ayniqsa, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, salomatligini mustahkamlash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar 5 bob hamda 30 moddadan iborat ushbu huquqiy hujjatda aholining ijtimoiy faolligini oshirish, ish bilan ta’minlash, atrof muhit va aholi salomatligini asrash va shu orqali barkamol hamda sog‘lom avlodni shakllantirish, onalik va bolalikni, ayollar huquqini himoya qilish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish bo‘yicha bir qator masalalar aks etganligini ta’kidladi.

Ushbu davra suhbati “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ahamiyati, Qo‘mita tizimida hamkorlik mezonlarini belgilashdagi roli, shuningdek, qonun mohiyatini asosli, sodda va xalqchil targ‘ib etishda e’tibor qaratiladigan jihatlarni yanada aniq belgilab olishda muhim omil bo‘lishi shubhasiz.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova ishtirok etdi.

M.XO‘JAMURODOVA,

Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni 100 foiz qamrab olishga qaratilgan alohida dastur ishlab chiqiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: