EZGULIK VA POKLIK TADORIGI

Prezidentimizning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori matbuotda e’lon qilindi. Qarorda O‘zbekiston musulmonlari idorasining axborotiga tayangan holda Ramazon oyining boshlanishi 18 iyun kuniga to‘g‘ri kelishi ta’kidlangan.

Shuningdek, mazkur qarorda bugungi tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish, odamlarni o‘zaro yaxshilik qilishga, barcha millatlar va xalqlar bilan hamjihat bo‘lib yashashga da’vat etishga qaratilgan keng ko‘lamdagi savobli amallar, targ‘ibot ishlari tashkil etilishi qayd etilgan.

Qolaversa, ushbu qutlug‘ oyda ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, yoshi ulug‘ insonlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning tabarruk qadamjolari va ziyoratgohlarini obodonlashtirish bo‘yicha olib boriladigan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat berilishi belgilangan.

Yana o‘qing:  Kulgu-shifo (2015-25)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: