ORZULARGA QANOT MASKAN

Respublika Biznes maktabi Navoiy mintaqaviy bo‘linmasining sirtqi va kechki bo‘limlarida tahsil olayotgan yigit-qizlar bu yerda yaratilgan sharoitlardan mamnun. 1999 yilda o‘z faoliyatini boshlagan Biznes maktabi 2009 yildan boshlab malakali mutaxassislar tayorlash maskaniga aylantirildi. Ikki yillik o‘quv kurslarida tahsil olayotgan yoshlar buxgalteriya hisobi, biznesda xo‘jalik huquqi, dorixona ishi bo‘yicha menejer, menejment va maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi kabi mutaxassisliklarga ega bo‘lishadi.

Bir yillik kurslarda esa viloyat sanoat korxonalari uchun geologiya, burg‘ulash, konchilik, avtomashinalarni sozlash, elektropayvandlash kabi kasb egalari ta’lim olishmoqda. Eng muhimi ular ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qitiladi. Albatta, amaliy va nazariy bilimlarning mushtarakligi yoshlarning tajribalarini yanada oshiradi. Darslarning Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Navoiy Konchilik instituti, yirik sanoat korxonalarining malakali mutaxassislari tomonidan olib borilishi ham ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Ayni vaqtda tikuvchilik kasbi bo‘yicha ta’lim olgan yoshlarning bo‘linma tomonidan ishga joylashtirilishi ular uchun yana bir qulay imkoniyat yaratadi. Jumladan, 22 nafar yoshlar o‘z kasbi bo‘yicha ishga joylashtirildi.

Mazkur Biznes maktabining bir va ikki yillik ta’lim jarayonini tugatgan yigit-qizlarga davlat maqomidagi, ta’lim standartlariga javob beradigan diplomlar topshiriladi. Uy hamshiralari, kimyogar-laborant va til o‘rgatish bo‘yicha uch oylik kurslarni tugatgan yoshlarga maxsus sertifikatlar beriladi. Mavjud til o‘rgatish guruhlariga 4 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi. Ularga Navoiy shahridagi Akademik litsey, Konchilik va Pedagogika instituti o‘qituvchilari, industrial iqtisodiy erkin zonaning tarjimonlari ingliz, koreys, xitoy, fransuz hamda rus tillarini o‘rgatishmoqda.

– O‘tgan yilning aprel oyida Xitoyning Guanjou shahrida o‘tgan yangi texnologiyalar bo‘yicha jahon ko‘rgazmasida ishtirok etib, chet ellik ishbilarmonlar bilan viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zaro kelishuvlarga erishdik. Mazkur kelishuvlarga asosan joriy yilning iyul oyida tikuv sexi uchun Xitoydan yangi zamonaviy mashinalar keltirilib o‘rnatamiz. Bu kabi sa’y-xarakatlar natijasida yana qo‘shimcha 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, – deydi ta’lim dargohi rahbari Shahnoza Umarova. – Tikuv sexida tikiladigan turli milliy liboslar, sport kiyimlari, ko‘rpa, yostiq, choyshablar xaridorgir. Ma’lumki har bir ishlab chiqarish turi zamon bilan hamnafas odimlashi shart. Ana shundagina inson ko‘zlangan maqsadiga erisha oladi.

Yana o‘qing:  Qadim yurtning muhtasham darvozasi

Kelgusida har mavsumga moslashtirilgan erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlarini tikish borasida izlanishlar olib borayapmiz. Bu borada xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilmoqda. Mazkur Biznes maktabida Rustam Qo‘ldoshev, Nurbek Polvonov, Oxunjon Sayfiddinov, Halima Chinmirzayeva, Yulduz Qurbonova kabi o‘z kasbining fidoyilari yoshlarga saboq berib kelishyapti. Buning natijasida har yili ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 600 nafarga yaqin mutaxassis 24 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘quv kurslarini bitiradi. O‘z kasbining sir-asrorlarini mukammal egallagan yosh mutaxassislar kelajakda yurt ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishga ishonchimiz komil.

I.XOLBOYEV, A.NORBOYEV,

Navoiy viloyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: