VATANPARVAR YOSHLAR – MUDOFAA TAYANChI
Joriy yilning 9 iyun kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan “Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida fuqarolik nazorati mexanizmlari” mavzusida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjumanda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Iqboljon Mirzaaliyev so‘zga chiqib, mudofaa sohasida olib borilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Jamoatchilik kengashi a’zolari vazirlik faoliyatining ochiq-oshkoraligini ta’minlash, harbiy qismlarda sog‘lom ma’naviy muhit, yuksak axloq va madaniyat saqlanishini ta’minlash hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish borasida o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar.
Qolaversa matbuot anjumanida kasb nufuzini oshirish, harbiy xizmatchilar hamda chaqiruvga tayyorlanayotgan o‘spirinlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Charos XUSHVAQTOVA