O‘ZBEKISTON – JAHON BOLALARI NIGOHIDA

Yoshlar ijod saroyida “Toshkent quvonchlari” IV Xalqaro bolalar rasmlari biyennalesi boshlandi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar, Xalq ta’limi vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan ushbu xalqaro ko‘rgazmaning ochilishida madaniyat va san’at namoyandalari, musavvirlar, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida o‘quvchi-yoshlarning ijodiy-intellektual salohiyatini yuksaltirish va ular qalbida ezgu g‘oyalarni mustahkam qaror toptirishda san’atni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan ko‘plab ijodiy loyihalar, badiiy ko‘rgazmalar, tasviriy san’at haftaliklari o‘g‘il-qizlarning iste’dodini yuzaga chiqarish, to‘g‘ri yo‘naltirish va rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.

2006 yildan buyon o‘tkazilayotgan “Toshkent quvonchlari” xalqaro biyennalesidan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalar ijodini qo‘llab-quvvatlash, qobiliyatli o‘g‘il-qizlarni rag‘batlantirish, ularning o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratishdan iborat. Mazkur xalqaro ko‘rgazma xorijdagi o‘quvchi-yoshlarning xalqimiz hayoti, milliy urf-odatlarimiz va qadimiy shaharlarimiz haqidagi tasavvurlarini yanada boyitishga ham xizmat qilmoqda.

Bu yilgi ko‘rgazmaga 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonlik yosh ijodkorlar bilan birga AQSH, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ruminiya, Latviya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Singapur, Ozarboyjon, Ukraina singari o‘ttizga yaqin mamlakat bolalarining ikki mingdan ortiq ijodiy ishi taqdim etilgan. Ularning ijodiy ishlari “Bolalik dunyosi”, “Mening Vatanim”, “Men yashayotgan dunyo”, “Mening orzum”, “Men bilgan O‘zbekiston” singari mavzular bo‘yicha namoyish etilmoqda.

Hasan Ziyodullayev Toshkent shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining 5-sinfida o‘qiydi. Uning rasmlari joriy yilda Germaniyada o‘tgan xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasida maxsus diplomga sazovor bo‘ldi.

– “Toshkent quvonchlari” biyennalesida “Go‘zal Vatanim”, “Tulporlar”, “Mening orzum” deb nomlangan turkum rasmlarim bilan ishtirok etyapman, – deydi H.Ziyodullayev. – Unda jonajon Vatanimizning tabiati, obod shahar va qishloqlarimiz, o‘zim bilim olayotgan maktab manzaralari tasvirlangan. Bu ko‘rgazmada yurtimiz va xorijlik tengdoshlarim ijodi, ularning orzulari, ona yurtimiz haqidagi tasavvurlari bilan tanishyapman.

“Toshkent quvonchlari” xalqaro biyennalesining ochilishida bolalar badiiy jamoalarining konserti namoyish etildi.

Nazokat USMONOVA,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  ASABINGIZ BUZILSA...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: