ZIYRAK BANKOMAT
Xitoylik ishlab chiqaruvchilar insonning yuzini tanish xususiyatiga ega bo‘lgan bankomatni taqdim etishdi. U hisob raqamidagi pulni chiqarib olmoqchi bo‘lgan mijozning yuzi bank kartasi egasining identifikatsiya raqamiga mosligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tmagunicha unga pul chiqarib bermaydi.
Biometrik bankomat ichki kamera bilan jihozlangan bo‘lib, u foydalanuvchining yuzini suratga oladi, so‘ng uni o‘z ma’lumotlar bazasidagi tasvirlar bilan solishtiradi.
Ushbu ixtiro bank kartalari bilan bo‘ladigan jinoyatlarning oldini olishda samara berishi kutilmoqda.