Olam ostonasi

Chayqalib yotibdi nurli bir chaman,

Oy bilan oftobning buyuk vatani.

Tong kabi jilmayib baxti ochilgan

Maysaga ko‘milgan nurli badani.

Osmon posbonidir bunda burgutlar,

Chumchuq chug‘uridan teshiladi tong.

Bu o‘lka ko‘ksida yonar bulutlar,

Chinor shoxlariga qo‘nganida shom.

Ne-ne daryolar bor, yugurib-elib,

Ummonda qolarlar bir umr yaxlab.

Bu chaman bag‘riga daryolar kelib

Zaminga singarlar, g‘o‘zaday shoxlab.

Ko‘z yoshdek tiniqdir bu elda osmon

Shaftoli shoxlari qayrilgan onda.

Naqsh olma yuziga yugurganda qon,

Oftob ham osilib, tolar armonda.

Bu elning qadimiy har qo‘shig‘ida

Bejiz oltin deya atalmas tuproq.

Simyog‘ochga qo‘ngan qush tumshug‘ida

Tilladay nurlanib turibdi boshoq.

Chayqalib yotibdi nurli bir chaman,

Yulduzday sochilib olamga shoni.

Fidoyi o‘g‘ilman, yonib o‘paman

Olam ostonasi – O‘zbekistonni.

Tilak JO‘RA

Yana o‘qing:  SALOMATLIKNING YOSH DO‘STLARI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: