Osudalikda

Umid shu’lalanar ma’sum ko‘zlarda,

Oftobday – har dilga u yoqqan chiroq.

Ko‘ksiga sig‘magan mitti yuragi

Borliqni poklikka to‘ldirguday oq.

Chopqillab charchamas ostonada Baxt,

Barmog‘ida sanar dunyoning sirin.

Osmon shivirlaydi osudalikda:

“O, Zamin, halovat boladay shirin.”

Bola sevgisiday ulkan sevgi yo‘q,

Yeru ko‘kni asrar tilagi bordir.

Kichkina demangiz, kaftida quyosh,

Vatan suyanguday yuragi bordir!

Dilorom UZRO

Яна ўқинг:  Kichkintoylar kuldiradi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: