Kulgu-shifo (2015-51)
– Obbo, tishingizda katta yoriq, katta yoriq, katta yoriq bor ekan.
– Janob doktor, nega siz menga bu so‘zni uch marta takrorlab aytdingiz?
– Kechirasiz, men uni faqat bir marta aytdim, qolgan ikki martasi tishingizdagi kovakdan kelgan aks-sado bo‘lsa kerak!
– Doktor aytingchi, og‘riq seziladimi?
– Kimga qanaqa?!
– Bu nima deganingiz?
– Bemorlarga seziladi, menga esa yo‘q.