Hozirjavob
Buvim oshxonada ish qilayotganlarida to‘g‘rayotgan sabzavotlarmi, idish-tovoqlarmi hadeb tushib ketaversa, “Kimdir shoshib kelayotganga o‘xshaydi”, derdilar.
Bir kuni to‘rt yoshli nabiralari Javohir o‘yinqaroqlik qilib qo‘lidagi piyolani tushirib sindirib qo‘ydi. Buvimning vajohatli qarashidan cho‘chigan Javohir: “Uyimizga kimdir shoshib kelayotganga o‘xshaydi”, – dedi.
U bu gapni o‘rnida topib gapirganini doim kulishib eslab yuramiz
N.SAPAYEVA