POLVONLARIMIZ PEShQADAM

Erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha Qatar poytaxti Doxa shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, erkin kurash bo‘yicha jahon chempionati sovrindori, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Bekzod Abdurahmonov vazni 70 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar musobaqasida xitoylik Xayvey Ling, yaponiyalik Takafumi Kojima, hindistonlik Parvin Rana, tojikistonlik Zelimxon Yusupov ustidan g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Tajribali polvonimiz Rashid Qurbonov vazni 74 kilogrammgacha bo‘lgan kurashchilar bahsida bronza medal bilan taqdirlandi.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Sog‘lom buyraklar – organizm tayanch nuqtasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: