Bolgariyadan xushxabar
Bolgariyaning Varna shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chaqiruv kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda hamyurtimiz Oksana Chusovitina tayanib sakrash bahslarida 14,65 ball jamg‘arib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Slovakiyalik Teya Belak ikkinchi va shveysariyalik Juliya Shtayngruber uchinchi o‘rinni egalladi.
Mazkur medal tajribali gimnastikachimiz Oksana Chusovitinaning joriy yilgi jahon chaqiruv kubogi bosqichlaridagi uchinchi oltin medalidir.