O‘quvchining diqqatini jalb etish

darsni yaxshi o‘zlashtirish omilidir

Dars soati boshlanganligini bildirib qo‘ng‘iroq chalindi. Bolalar shoshgancha sinfxonaga yugurishadi. Uzoq yillardan buyon boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga saboq beraman. Har kuni o‘qituvchi kelguncha bolalar o‘z o‘rinlariga o‘tirmay shovqin-suron qiladi. Ularning diqqatini o‘zimga jalb etish uchun har kuni turli mashqlar bilan darsni boshlayman. Sababi, diqqatni jamlamay turib ularga dars o‘tish foydasiz. Bola e’tiborini bir nuqtaga qaratmay kitob varaqlagani bilan undagi so‘zlarni anglab ololmaydi. Shunday ekan fikrni jamlay olish qobiliyatini shakllantirish bilim o‘rganishning dastlabki omilidir.

Bu uchun bola bilan turli mashqlar olib borish zarur. Masalan, men har kuni bolalar bilan “Yo‘lda kelayotganingizda nechta simyog‘och yonidan o‘tdingiz? Daraxtlar soni nechta? Ularning turi qanday?” va shu kabi so‘rovnomalar o‘tkazaman. Ular maktabga yo‘l olgan paytda atrof-muhitga e’tiborli bo‘lishga o‘rganadi, bu esa o‘z navbatida xotirani mustahkamlaydi va bola diqqatini jamlashga yordam beradi.

Diqqatini jamlay olmaslik bolaning bilim olish doirasini zaiflashtiradi, o‘z tengdoshlaridan sezilarli darajada ortda qolishiga sabab bo‘ladi. Fikri tarqoq o‘quvchilar o‘qish jarayonida arzimagan narsalarga xayoli chalg‘iydi va ularda erinchoqlik odati paydo bo‘ladi. Buning oqibatida ularni yaxshi o‘zlashtirolmaydilar. Diqqat-e’tiborli o‘quvchilar esa qiyin vazifalarni darsliklar, qo‘shimcha adabiyotlar yordamida tushuna oladilar. Darsda qunt bilan o‘qituvchini tinglab o‘tirgan bola uy vazifalarini qiynalmasdan mustaqil bajara oladi.

Bolaning fikrini bir joyga jamlash mashqlarini uyda ota-onalar ham olib borishi lozim. Alohida aytish lozimki, bola ruhiyatida to‘xtab qolish yoki arazlash xususiyatlari ko‘p uchraydi. Bunday holatlarda bolalarga qattiq gapirmasdan, uni boshqalar orasida uyaltirmasdan, qilgan ishi yaxshi emasligini batafsil, mehrbonlik bilan tushuntirish darkor. Kattalar farzandiga qanchalik e’tiborli bo‘lsa, oldindan kerakli xulosalar chiqarib, zaruriy tadbirlarni qo‘llashadi.

Ota-onalar bolasining o‘qituvchisi bilan doimiy ravishda hamkorlik olib borishi kerak. Bolaning uyda sezlimagan kamchiliklari dars jarayonida ko‘rinishi mumkin yoki aksincha. Shuning uchun ikki tomonlama olib borilgan mehnat boladagi kamchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi. Uning qiziqishlarini rag‘batlantirish, bola bilan iloji boricha ko‘proq muloqot qilish, so‘zlarini jon qulog‘i bilan tinglash ham boladagi ziyraklikni oshiradi.

Ayniqsa, bolaga uning yoshiga xos bilim berish lozim. U qancha ko‘p bilsa, shunchalik qiziqarli hamsuhbatga aylanishini bolaga tushuntirish lozim. Berilgan topshiriqni uddalasa, “Barakalla, birgina sen uddalading”, “Sen juda hushyorsan”, “Hech kim ahamiyat bermadi, birgina sen e’tibor berding”, deya uni maqtab turish lozim. Turli-tuman mavzulardagi suhbatlar bolaning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga, bilim o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirishga ko‘maklashadi.

Yana o‘qing:  JAVOHIR – JAHON CHEMPIONI

Muxtasar aytganda, diqqati sust o‘quvchilar ahamiyatsizlik bilan yozgan yoki o‘qigan matnlarida xatoliklar kelib chiqadi va o‘z-o‘zidan vazifa noto‘g‘ri bajariladi. Xatolarni topib bartaraf qilishga vaqt ketadi. Fikri tarqoq bola esa vazifani a’lo bajarib, ortiqcha vaqtlarini dam olishga, kitob o‘qishga, musiqa tinglashga va boshqa mazmunli ishlarga sarf etadilar. Diqqatni jamlash mashqlarini o‘qituvchilar va ota-onalar birdayin olib borsa bolaning kelajagi uchun ancha foydali bo‘ladi.

Feruza QODIROVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: