Baxt-saodat manbai

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oilam – baxtu saodatim manbai” mavzuida videomuloqot o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda mahallalarda tashkil etilgan “Oilaga kirish”, “Salomatlik”, “Jinoyatchilik profilaktikasi”, “Ta’lim va tarbiya”, “Bandlik” kabi jamoatchilik sektorlarining birinchi chorakdagi faoliyati haqida so‘z bordi. Mazkur sektorlarning to‘rt oylik faoliyati davomida 2 millionga yaqin oila o‘rganilganligi hamda 20 mingdan ortiq oilada turli nizolarning oldi olingani qayd etildi. Shuningdek, hamkorlikdagi ishlar natijasida 50 mingdan ziyod ayol ish bilan band etilib, 314,3 mlrd so‘m kredit mablag‘lari evaziga daromad manbalari yaratilgani ta’kidlandi.

Mazkur muloqotda mas’ul tashkilotlar vakillari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar a’zolari ham ishtirok etib, homiy tashkilotlarning muruvvat yordamlarini qabul qilib oldilar.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova ishtirok etdi.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Yana o‘qing:  “Alpomish” kompyuter o‘yini yaratildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: