KEKSALARGA BAYRAM DASTURXONI

Yaqinda Toshkent viloyati Qibray tumani Tuzel QFYda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan keksa yoshdagi aholiga bayram dasturxoni yozildi. Yig‘inda 200 nafarga yaqin yetmish yoshdan oshgan nuroniylar ishtirok etdi.

– O‘zbekistonda har bir inson e’tiborda. Buni amalga oshirilayotgan ko‘plab xayrli ishlar misolida ham ko‘rish mumkin, – deydi Tuzel QFY raisi Abdunabi Temirbekov. – Joriy yilning Keksalarni e’zozlash yili deb e’lon qilinishi ham hukumatimiz tomonidan biz keksalarga qaratilgan ulkan e’tiborning na’munasidir.

Bayram tadbirida maktab o‘quvchilari tomonidan taqdim etilgan ijodiy chiqishlar orqali yig‘ilganlarga yosh avlodning Vatanimizning tarixi va nurli istiqboli haqidagi tasavvurlari namoyish etildi. Dasturxonga palov tortildi.

– Qishlog‘imizda istiqomat qilayotgan keksalarimizning holidan doimo xabar olib turiladi, – deydi “Bahor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Mo‘minjon Mahmudov. – Tadbirlar, shodiyona va hasharlarda yetti yoshdan yetmish yoshgacha barcha uyushqoqlik bilan ishtirok etadi. Keksalarimiz esa bu ezgu ishlarda hamisha bosh-qosh.

Fayzli kecha so‘ngida yoshi ulug‘ insonlar duoga qo‘l ochar ekan “Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, farzandlarimiz baxtli bo‘lsin”, deya niyat qilishdi.

San’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

F.TOLIPOV

Yana o‘qing:  O‘qituvchilarning oyligi oshirildi, ularga avtokreditlar beriladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: