TAYYORLOV GURUHI MAKTABGA ShAY

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi 5-umumta’lim muassasasida maktabga tayyorlov guruhlarining o‘quv dasturlarini tugatishi munosabati bilan hisobot tadbiri tashkil etildi.

“Senga so‘zim bor maktab, quchog‘ingga ol, maktab!” deb nomlangan mazkur kechada tarbiyalanuvchilar davlat ramzlari va madhiyamizning mazmun-mohiyatini sharhlab berdilar, yil fasllarini ta’rifladilar. Shuningdek, matematik sonlar o‘yinlar orqali namoyish etildi.

Bolajonlar ustozlari o‘rgatgan xalq maqollaridan namunalar keltirishdi. Lutfiya Siddiqova rahbarlik qilayotgan 26 nafar guruh tarbiyalanuvchisi o‘tgan davr mobaynida nafaqat yozishni, hatto ingliz tilida ham biyron gipirishni o‘rganayotganlarini sahna ko‘rinishlari orqali aks ettirdilar.

Zubayda MAMATQULOVA

Yana o‘qing:  JAMG`ARMA FAOLIYATIDAN 92013-5)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: