DO‘STLIK VA TOTUVLIK AYYOMI

Har yili Andijon viloyati “Kamolot” yoshlar bog‘ida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida o‘tkazilib kelinayotgan “Do‘stlik” an’anaviy festivali bu yil ham yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbir doirasida viloyatdagi milliy-madaniy markazlar, kasb-hunar kollejlari, xalq ta’limi muassasalari hunarmandlari tomonidan tayyorlangan amaliy san’at namunalari ko‘rgazmalari tashkil etildi.

– Festival millatlararo do‘stlikni mustahkamlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ma’naviyatini yuksaltirish, ularning tarkibida ona Vatanga muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otishga omil bo‘lmoqda. Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham shu edi, – deydi “Kamolot” YOIH Andijon viloyat Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Doniyorbek Dadaxonov.

Turli millatlar tilida yangragan taronalar esa yig‘ilganlarga ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Mahfuza MO‘MINOVA,

Andijon viloyati

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: