Emlash yuqumli kasalliklardan asraydi

Kuni kecha poytaxtimizdagi “Biznes markazi”da Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tashabbusi bilan 2015 yil 20-26 aprel kunlari mamlakatimizda “Emlash ishlarini yanada takomillashtirish” shiori ostida o‘tkazilgan o‘ninchi Yevropa emlash haftaligi munosabati bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda JSST, YUNISEF va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining mutasaddilari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirdan asosiy maqsad yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishning ahamiyatini har bir fuqaro ongiga singdirish va aholining ko‘proq qismini emlash bilan qamrab olishdir. So‘nggi yillarda ba’zi bir mamlakatlarda qayd etilayotgan qizamiq, poliomiyelit va boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishi ushbu xastaliklarning chegara hududlari orqali boshqa mamlakatlarga ham o‘tib ketish xavfi borligini ko‘rsatadi. Yurtimizda emlash jarayoni tizimli yo‘lga qo‘yilgani bois yurtimizda bu kabi xastaliklar deyarli uchramaydi.

Har bir davlatning o‘z milliy emlash jadvali mavjud. O‘zbekistondagi jadvalga ko‘ra har bir bola tug‘ilganidan 16 yoshgacha emlanishi majburiydir. Ushbu jadvalga kiritilgan yuqumli kasalliklarga qarshi emlash davlatimiz tomonidan bepul amalga oshiriladi.

Gulchehra ShIRINOVA

Yana o‘qing:  Kuy-qo‘shiq va she’rlar tanlovi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: