Jasorat va matonat xalqimizga xos azaliy xislatdir

Mamlakatimizda elda obro‘ topgan otaxon va onaxonlarning boy tajribasidan yosh avlod tarbiyasida keng foydalanishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Zero, o‘g‘il-qizlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, ertangi istiqboli uchun mas’uliyat tuyg‘usini mustahkam qaror toptirishda nuroniylarning maslahat va yo‘l-yo‘riqlari ulkan ahamiyat kasb etadi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida o‘tkazilgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari uchun “Hech kim mehr-e’tibordan chetda qolmasin!” deb nomlangan ma’rifiy tadbir fikrimizning tasdig‘idir.

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi va qator tashkilotlar hamkorligida “Jasorat, burch, matonat” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir ko‘pchilikda katta taassurot qoldirdi.

Davlatimiz rahbarining 2014 yil 13 oktyabrdagi “1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2015 yil 6 martdagi “1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmonlari keksalarga izzat-ikrom ko‘rsatishning yangi istiqbollarini belgilab berdi.

Tadbirda urush va mehnat fronti faxriylariga “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medali hamda esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.

Ushbu tadbirda san’at ustalari va yosh ijrochilarning konsert dasturi namoyish etildi.

M.TOLIPOVA,

“Sog‘lom avlod”muxbiri

Yana o‘qing:  Xushxabar, raqamlar (2015-23)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: