EHTIYOT BO‘LING: YONG‘IN!
Xalqimizda “o‘t balosidan asrasin” degan naql bejizga aytilmagan. Chunki, yong‘in chiqqan vaqtda yo‘lida uchragan barcha narsani yondirib ketaveradi. Bu esa yillib qilingan mehnatni bir zumda yer bilan bitta qilishi mumkin. Shu kabi ko‘ngilsiz hodisa-lar har zamon qulog‘imizga chalinadi. Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik nafaqat bir oila, balki o‘sha hududdagi mahalla ahli uchun ham tashvish keltiradi.
Ana shunday ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida yurtimizda yong‘in havfsizligi oyliklari tashkil etilmoqda. Soha xodimlari tomonidan fuqarolarimiz orasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida ham yong‘in xavfsizligi inspektorlari tomonidan aholi o‘rtasida havfsizlik qoidalari va ulardan foydalanish kabi mavzularda tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazib, ularga elektr va gaz jihozlaridan qanday foydalanish va nimalarga e’tibor berish zarurligi tushuntirilmoqda.
Dildora MUXTORALI qizi,
O‘rta Chirchiq tumani 6-KYOXQ instruktori