MUSOBAQALARGA QUR’A TASHLANDI

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida 2018 yili Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi saralash bosqichiga qur’a tashlandi.

Unga ko‘ra mazkur saralash bosqichida qit’amizning qirqta davlati terma jamoalari sakkiz guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi “H” guruhida Bahrayn, Filippin, KXDR va Yaman terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Guruh g‘oliblari va to‘rtta eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan ikkinchi o‘rin sohiblari bir vaqtning o‘zida 2019 yili Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkaziladigan Osiyo kubogi musobaqasida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi va 2018 yilgi jahon chempionatining hal qiluvchi saralash bosqichida qatnashish imkoniga ega bo‘ladi.

Jahon chempionatining ikkinchi saralash bosqichi joriy yilning 11 iyun kuni boshlanadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruhdagi dastlabki bahsni 16 iyun kuni safarda KXDR terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Og‘iz suti – go‘dak taomnomasidagi ilk ozuqa

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: