Ona va bola salomatligi OAV nigohida
Poytaxt “Biznes markazi”da Yevropa Ittifoqi va YUNISEF O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish” loyihasi doirasida jurnalistlar uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan bir qatorda OAV vakillari faolligini oshirish maqsadida “O‘zbekistonda onalik va bolalik muhofazasi xizmatlarini takomillashtirish masalalarini OAVda yoritish” mavzusida tanlov e’lon qilindi.
OAV xodimlari uchun o‘tkazilgan seminar mashg‘ulotida mazkur tanlov maqsad va vazifalari haqida tushuncha berildi. Jumladan, jurnalistlarga “Sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va parvarishlash bo‘yicha tibbiy xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish”, “Sog‘liqni saqlashning birlamchi tizimida, xususan qishloq vrachlik punktlarida tibbiy xizmat ko‘rsatish”, “Oilada va jamiyatda ona va bola salomatligi muhofazasi” mavzularini yoritish taklif etildi.
M.XO‘JAMURODOVA