Haftalik yuqori saviyada o‘tdi
Andijon viloyatida “Salomatlik haftaligi” bo‘lib o‘tdi. Haftalik doirasida tashkil etilgan tibbiy ko‘rik davomida “Muruvvat”, “Mehribonlik” uylari, maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari, shuningdek, nuroniylar, Ikkinchi jahon urushi faxriylari xonadonlarida tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.
Sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi. Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar, keksalarni e’zozlashga bag‘ishlab “Uyimizning ko‘rki va fayzi” mavzusida diktant va insholar tanlovi o‘tkazildi.
Andijon shahar Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan haftalik davomida shuningdek, davolash-profilaktika muassasalari, Andijon davlat tibbiyot instituti va institut klinikasi mutaxassislari, xususiy tibbiy muassasalar xodimlari aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.
“Salomatlik haftaligi” doirasida “Hamshira – 2015” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi, turli ko‘rik-tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
N.IKROMOV