Ko‘rgazma va “mahorat darslari”
festivalning qiziqarliligini ta’minladi
Yurtimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi san’at va madaniyatning turli yo‘nalishlarida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan ana’naviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan tasviriy san’at festivali shular jumlasidandir.
Yaqinda, bo‘lib o‘tgan navbatdagi festivalda san’atning ko‘pgina yo‘nalishlarida ijod qilib kelayotgan ijodkorlar o‘z ishlari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, ko‘rgazmada tasviriy va amaliy san’at namunalari ham namoyish etildi.
Festival doirasida tashkil etilgan “mahorat darslari” esa yoshlar uchun chinakam tajriba maktabi bo‘ldi. Ustoz ijodkorlar tomonidan olib borilgan darslar jarayonida talabalar va san’at ixlosmandlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan bir qatorda, san’atning o‘ziga xos jixatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Dildora RAFIQOVA,
MRDI san’atshunoslik fakulteti talabasi