SPORT DO‘STLIKKA ChORLAYDI

Sport – salomatlik garovi. U ruh tetikligini, tana salomatligini ta’minlaydi. Shu boisdan ham barkamol avlod tarbiyasida sportning o‘rni beqiyosdir.

Yurtimizda bolalar va o‘smirlar sporti rivojiga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Turli sport musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarni ommaviy tarzda sportga jalb etishga erishilmoqda.

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma yilligiga bag‘ishlab, “Qushbegi” sport majmuasida stol tennisi bo‘yicha “Sog‘lom avlod uchun” kubogi XI Respublika o‘smirlar turniri ochildi. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Stol tennisi federatsiyasi hamkorligida har yili o‘tkazilib kelinayotgan ushbu turnir, o‘tgan yilga nisbatan ishtirokchilarning soni va saviyasiga ko‘ra ancha yuksalishga erishdi.

Ushbu turnirda respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan 1-bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jami 60 nafarga yaqin 2000-2001 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar qatnashdilar. Musobaqa ishtirokchilari juftlik va yakka tartibdagi musobaqalarda o‘zaro bellashadilar.

Turnir g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ma’rifat TOLIPOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI ASOSI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: