Muntazam harakatning samarali foydasi

AQSHning Vermont universiteti olimlari olib borgan tadqiqot natijalariga ko‘ra muntazam ravishda fitnes bilan shug‘ullanish 40 yoshdan oshgan erkaklar orasida o‘pka va ichak sohasida saraton xastaligi kelib chiqishining oldini oladi, degan xulosaga kelishdi. Zero, shuni alohida ta’kidlash lozimki, 40 yoshdan oshgan erkaklarda bu kasallikning ma’lum turi kelib chiqish ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Tadqiqotlar natijasida sog‘lom turmush tarziga rioya etishning inson umriga ijobiy ta’siri hatto 20-30 yildan so‘ng ham sezilib turishi aniqlandi. Olimlarning fikricha, fitnes bilan shug‘ullanish, to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish inson organizmida nafaqat saraton xastaligini, balki boshqa xastaliklarning ham oldini oladi.

Zero, sport – salomatlik garovi. Shunday ekan doimo harakatda bo‘lish salomatligingiz kafolatidir.

G.EGAMBERDIYEVA tayyorladi

Yana o‘qing:  Semirtiradigan yog‘lar mavjudmi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: