Osuda oilamning qalqoni – Vatan

Farzandim Umidjon shu yilgi bahorda ikki yoshni qarshiladi. Har safar ishdan uyga qaytganimda qarshimga peshvoz chiqib, salom beradi-da mahkam quchoqlab oladi. Rafiqam Dilbaroy uning o‘tkir zehni va yangi-yangi odatlarini zavqlanib so‘zlab berayotganida sevinaman, mamnun chehrasidan dilim yayraydi. Shoshmasdan odimlayotganini ko‘rib hamisha bosgan izlaring ravon, mustahkam, toleing baland va nurli bo‘lsin deya niyat qilaman.

Yoshligimdan ota-onasiz voyaga yetgan bo‘lsamda, davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va g‘amxo‘rlik sabab Jizzax shahridagi 29-sonli “Mehribonlik” uyida Norqul Tog‘aev, Manzura opa O‘rolova kabi ko‘plab mehribon insonlar tufayli ota-ona mehriga zoriqmasdan ulg‘aydim. Hayotda o‘z o‘rnimni topishga muvaffaq bo‘ldim. Hozirda o‘zim sevgan kasb – sport murabbiyi sifatida “Mehribonlik” uyida faoliyat yurityapman. Ko‘plab shogirdlarim bor. Ularning sportga bo‘lgan qiziqishi juda yuqori. Zero, Yurtboshimizning tashabbusi bilan muassasamizda tashkil etilgan barcha jihozlar bilan ta’minlangan zamonaviy sport zali bolalarning sportga bo‘lga qiziqishini yanada oshirmoqda. Ko‘plab o‘quvchilarim turli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Hatto o‘z taqdirini sport sohasi bilan bog‘layotgan yoshlar ham yo‘q emas. Bunda mening ham hissam borligidan quvonaman, albatta.

Bir insonga mustaqil hayotda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish, dalda bo‘lishdek ulkan baxt bo‘lmasa kerak. Men ham ana shu baxtdan unib-o‘sdim, o‘z hayot yo‘limni aniq belgilab odim. Yaxshi insonlarning ko‘magi bilan oila qurdim. Hozirda rafiqam Dilbaroy bilan davlatimiz tomonidan bizga ajratilgan uy-joyda o‘g‘lim Umidjonning tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lib osuda hayot kechiryapmiz. Ularning baxti, farovonligi uchun bor kuch va iqtidorimni ayamayman. Kuni kecha bir oylik harbiy xizmatdan qaytdim. Endilikda harbiy sohada o‘z faoliyatimni davom ettirish niyatidaman. Bir baxtli oila bo‘lsa shunday bo‘ladi-da. Ko‘rsatilgan yaxshilik va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorman.

Marat ILYASOV,

Jizzax shahri

Яна ўқинг:  РИМДАН ХУШХАБАР

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: