HAFTALIK VA SAMARALI NATIJA

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan poytaxtimizdagi P.Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejida “12 yillik majburiy ta’lim – biz qizlar uchun o‘ta zarur va muhim” mavzuidagi haftalikning yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘tkazilgan haftalik davomida barcha hududlarda 10 ming 834 ta targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgani, shundan 9 ming 399 tasi umumta’lim maktablarida, 1 ming 435 tasi o‘rta maxsus tizimda o‘tkazilganligi, unda ishtirok etgan 1 mln. 280 ming 472 nafar o‘quvchining 1 mln. 40 ming 148 nafarini qizlar hamda 240 ming 324 nafarini yigitlar tashkil etgani, shuningdek, 536 ming 192 nafar ota-onadalar va 83 ming 995 nafar mahalla faollari jalb etilganligi haqida to‘xtaldi.

Mazkur haftalik natijasida darslarga qatnovi yaxshi bo‘lmagan qizlardan 4 ming nafardan ziyodini darslarga to‘liq jalb etishga erishildi. Kollej o‘quvchilarining ota-onalari bilan suhbatlar o‘tkazilib erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

856 nafar qiz tor mutaxassislar tomonidan qo‘shimcha davolanish maqsadida tibbiyot muassasalariga yuborildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularning ehtiyojlariga ko‘ra zarur ko‘mak ko‘rsatildi.

M. QURBONBOYEVA

Yana o‘qing:  Osuda oilamning qalqoni – Vatan

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: