Ham in’om, ham imkoniyat
Qashqadaryo viloyat onkologiya dispanserining tubdan rekonstruksiya qilingan binosi foydalanishga topshirildi.
Investitsiya dasturi doirasida muassasa bunyodkorlik ishlariga 5 milliard 800 million so‘mlik mablag‘ sarflandi. Dispanser 2 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga zamonaviy jihozlar bilan to‘liq ta’minlandi.
Endi viloyat onkologiya dispanserida ham katta jarrohlik amaliyotlari amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun ikki yil davomida tor mutaxassislikdagi jarrohlar qayta tayyorlandi. Qolaversa, joriy yilda Niderlandiyadan kompyuter tomografiyasi uskunasi, nur va narkoz apparatlari, kichik va katta jarrohlik jamlamalari olinib kelinishi kutilayapti.