Muhabbat Hamidova. Ibratli hikoyalar

MINNAT

Aziza bilan Karima qalin dugona. Hatto Karimalarning iti Ziyrak ham Azizani yaxshi taniydi. Har gal Aziza darvozadan o‘tishi bilan birinchi bo‘lib uni Ziyrak qarshilaydi. Biroq… bir kuni Ziyrak to‘satdan Azizaning qo‘lini tishlab oldi. Keyin Karimaning dadasi Ziyrakni allaqayoqqa tashlab keldi. Shu-shu bo‘ldi-yu ikki dugonaning ham, ularning uy ichidagilarning ham orasiga sovuqchilik tushdi.Oradan bir hafta o‘tgach, Aziza shifoxonadan chiqqanini eshitgan Karima dugonasini ko‘rgani chiqdi. Ular ovqatlanishayotgan ekan. Karima ostonada ancha turdi. Biroq, hech kim uni “payqamadi.”

Bu Karimaga juda alam qildi. Birdan uning ko‘zi supa atrofida chaman bo‘lib ochilgan gullarga tushdi. Bu gullarning ko‘chatini Azizaning opasi Karimalarnikidan olib chiqqan edi.

– Bizzi gullarimizni ekvolib yana menga gapirishmaydi! – dedi yig‘lagudek bo‘lib Karima.

Ana shunda uni hamma “ko‘rdi”. Azizaning akasi “lip” etib taxta karavotdan sakrab tushdi-yu bir necha gulni ildiz-pildizi bilan sug‘urib oldi. Keyin Karimaning etagiga solib berdi. – Bor, gul-puling bilan yo‘qol!

XIYONAT”

Azizaning birdan dangasaligi tutdi. Ish qilgisi kelmay qoldi. Shu boisdan oyisi uch marta chaqirganda ham bir marta ha, degisi kelmadi. Indamay qo‘g‘irchog‘ini o‘ynatib o‘tiraverdi.

– Aziza, qara-chi, ukang yig‘lamayaptimi, – chaqirdi yana oyisi.

– Qaradim, yig‘layapti, dedi Aziza xotirjam.

– Yig‘lasa, beshikni tebrat, – dedi jahl bilan oyisi.

– Ana, Adibangiz tebratsin.

– Namuncha bez bo‘lib ketding, kosov bilan boshingga tushiraymi, – quvib qoldi Nargiza opa qizini.

Aziza ikki hatlab darvozadan chiqib oldi-da, onasiga qarab tirjaydi. – Yana kalaka qiladi-ya, – qo‘limga tushasan-ku… – Aziza yana g‘izillab qoldi.

– Ushla, quloqsizni, – dedi Nargiza opa qizining ro‘parasidan chiqqan Bahodirga. Bahodir Azizaga qaradi-yu, o‘zini chetga oldi.

Shunda Azizaning jonajon dugonasi Salima ikki sakrab, Azizaga yetib oldi-da, oyisi kelguncha ushlab turdi. Oyisi yetib kelib Azizaga shapaloq tortib yubordi. Shunda uning ko‘zi “yarq” etib ochilganday bo‘ldi. Yig‘lab turib, oyisidan kechirim so‘radi.

Biroq, ko‘zlarida yosh bilan Salimaga bir qaradi-da, “sotqin”, dedi. Salima esa o‘zini haqligini ham, nohaqligini ham bilolmay qoldi.

Yana o‘qing:  YURTIMIZDA ILK KURASH MAKTAB-INTERNATI OCHILADI

BURCHNI ANGLASH

Farhod ukasi Sardor bilan kattagina ariq bo‘yida o‘ynab yurardi. To‘satdan shunday suvga egilib o‘sgan qirqbo‘g‘im ustiga qanotlari judayam nafis, chiroyli, suv ninachisi kelib qo‘ndi. Uning zangori qanotlari oftob nurida tovlanib Sardorni qiziqtirdi. Sardor beixtiyor ninachini tutmoqchi bo‘lib qirqbo‘g‘imga qo‘l uzatdi…

Farhod “shalop” etgan ovozdan cho‘chib orqasiga qaradiyu ukasini suv ichida ko‘rdi. Qo‘rqib ketgan Sardor baqirib yig‘lab yubordi.

– Yig‘lama, men hozir. Farhod ham o‘zini suvga otdi. Darhol bir qo‘li bilan ukasining qo‘lidan, ikkinchi qo‘li bilan qirg‘oqdan egilib tushgan otquloqning bandidan tutdi. Keyin bor ovozi bilan dadasini chaqirdi.

Ancha narida ekinlarga qarayotgan Sanjar aka yetib kelib bolalarini qutqarib olganda Farhod ham Sardor ham sovuqdanmi, qo‘rquvdanmi qaltirab qolishgandi.

– Tentak nega darrov meni chaqirmay suvga sakrading. Axir suzishni bilmasang, oqib ketsalaring nima bo‘lardi, – Farhodni koyidi dadasi.

– Axir men Sardorning akasiman-ku. – Sardorning ko‘z yoshlarini artarkan, g‘urur bilan dedi Farhod.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: